“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!

  • Home
  • “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!

“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!

24–25–26-aprel kunlari “Sarbon” universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sarbon universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzmetkombinat AJ, IT Park hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Xakaton davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yo‘nalishlar:
• davlat xaridlari, sog‘liqni saqlash, sport, qurilish, ta’lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
• korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
• ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa innovatsion yondashuvlar.

Xakatonda 18–35 yoshdagi turli soha vakillari 2 yoki 3 kishilik jamoalar shaklida ishtirok etishlari mumkin.

Xakaton qoidalari bilan batafsil ushbu havolada tanishing.

Muhim sanalar:
• Tayyorlov vebinari: 10-aprel
• Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — Uzinfocom kompaniyasining yosh dasturchilar jamoasi Coding4Integrity Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda ham munosib qatnashgan.

Siz ham jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishni istasangiz — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!