Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi
🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin.
🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!