Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan Xotin-qizlar kengashi tomonidan “Balli qizlar” koʼrik-tanlovi oʼtkazildi

  • Home
  • Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan Xotin-qizlar kengashi tomonidan “Balli qizlar” koʼrik-tanlovi oʼtkazildi

Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʼtarish va ayollarning jamiyatdagi oʼrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zoʼravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilab berilgan.

🏛Joriy yilning 14-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan Xotin-qizlar kengashi tomonidan “Balli qizlar” koʼrik-tanlovi oʼtkazildi

✅Koʼrik-tanlovda Telekommunikatsiya texnologiyalari, Dasturiy injiniringi, Kompyuter injiniringi, Radio va mobil aloqa, АKT sohasida iqtisodiyot va menejment, АKT sohasida kasb taʼlimi fakultetlarining iqtidorli qizlari g‘oliblik uchun bellashishdi.

✅Shartlar bo‘yicha ishtirokchi qizlar o‘zlarining mahoratlarini namoyish etishdilar. Har bir shart yakunida hakamlar qizlarga qo‘yilgan ballarni e’lon qilib borishdi.

✅Ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar boʼyicha taqdirlandilar:
👸🏻“Universitet malikasi” АKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi Neʼmatova Nilufar;
🔹“Eng zukko qiz” Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Sattorova Dilfuza;
🔹“Eng isteʼdodli qiz” Dasturiy injiniringi fakulteti talabasi Аyupova Diana;
🔹“Eng mahoratli qiz” Radio va mobil aloqa fakulteti talabasi Holiqova Parizoda;
🔹“Eng ijodkor qiz” АKT sohasida kasb taʼlimi fakulteti talabasi Raxmatullaeva Dilbar;
🔹“Eng ibratli qiz” Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabasi Chorieva Sitora.

✅Gʼoliblarni universitet rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.