Labochevskiy nomidgi Nijegorod davlat universiteti delegatsiya bilan uchrashuv

  • Home
  • Labochevskiy nomidgi Nijegorod davlat universiteti delegatsiya bilan uchrashuv

Labochevskiy nomidgi Nijegorod davlat universiteti delegatsiya bilan uchrashuv

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Nijegorod viloyatining Labochevskiy nomidagi Nijegorod davlat universiteti rektori Y.Zagaynova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

Uchrashuvda har ikki universitetlarning tarixi, bugungi ko‘rsatgichlari, erishgan yutuqlari va imkoniyatlari haqida gapirildi. Undan so‘ng tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan muhokamalar qilindi.

Muhokamalar davomida qo‘shma loyihalar va ta’lim dasturarini tashkil etish bo‘yicha har ikki universitetning imkoniyatlari o‘rganildi. Mehmonlarga universitetda yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim va tadqiqot laboratoriyalari, talabalar va tadqiqotchilarning innovatsion ishlanmalari tanishtirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25-aprel kuni Labochevskiy universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida shartnoma imzolangan edi.