E’LON

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (keyingi o‘rinlarda – Universitet) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son Qarorining 5-bandi ijrosini ta’minlash maqasdida Universitetga qarashli talabalar oshxonalarini Universitet talabalari uchun arzon va sifatli ovqatlanish jarayonini tashkil etish uchun umumiy ovqatlanish xizmati sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari bilan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali shartnoma tuzishi mumkunligini e’lon qiladi.

Bunda, tadbirkorlik subyektlariga:

  • talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish;
  • oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
  • oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xomashyosini saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya etish majburiyatlari yuklanadi.