8-dekabr - “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” hamda 10-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

  • Home
  • 8-dekabr - “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” hamda 10-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Joriy yil 9-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 8-dekabr - “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” hamda 10-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
 
Tadbirda Vazirlik markaziy apparati departament, boshqarma va bo'limlar boshliqlari, Universitet professor-o'qituvchi va talabalari hamda tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari qatnashishdi.
Tadbirni kirish va tabrik so‘zlari bilan AKT vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev ochib berdilar.
 
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari tashkil etilib, badiiy chiqishlari namoyish qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan universitetda tashkil qilingan ko‘rik-tanlov hamda Livan poytaxti Bayrut shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g'oliblarimizni AKT vaziri J. Egamberdiyev tabriklab sovg'alar bilan taqdirladilar.
 
Tadbirda doirachilar guruhining badiiy chiqishi, raqqos bolajonlarning chiqishi va qomusni madh etuvchi harbiy orkestor tomonidan qo'shiq kuylanib, ko‘tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.
Tadbir O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist A.Yo‘ldoshevning Vatan haqidagi qo‘shig‘i bilan yakunlandi.