Campus France agentligining O‘zbekistondagi vakili Alis Mot talabalar bilan uchrashib, ularda Fransiyada ta’lim olish va fransuz tilini o‘rganishga qiziqish uyg‘otdi.
Talabalarga Fransiyada ta’lim olish imkoniyatlari, ariza topshirish jarayoni, grantlar va talabalar hayoti haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va debatlar o‘tkazildi.
Kelajakda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi.
