Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbari va boshqaruv hodimlarining 21-Mehribonlik uyiga tashrifi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Mehribonlik uylari bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan joriy yilning 9-avgust kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori va boshqaruv hodimlari 21-Mehribonlik uyi rahbari bilan uchrashdilar. Ushbu uchrashuvda bolalarga axborot texnologiyalari sohasida ilm berish, ularni kompyuter injiniringi, dasturlash texnologiyalari, robototexnika asoslari kabi ko‘plab fanlarga qiziqtirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha yo‘l xarita tuzish masalasi muhokama qilindi.