2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka suhbat jarayoni o‘tkazildi

  • Home
  • 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka suhbat jarayoni o‘tkazildi




Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayoni o‘tkazildi.

Suhbat davomida nomzodlarning:
🔴ilmiy salohiyati;
🔴tadqiqot yo‘nalishlari;
🔴ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasi baholandi.

•Mustaqil izlanuvchilikka xorijiy fuqarolardan ham arizalar kelib tushgani sababli, ularning ishtirokini ta’minlash maqsadida suhbat jarayoni onlayn formatda ham tashkil etildi.



Mazkur jarayon izlanuvchilarga o‘z ilmiy g‘oyalarini taqdim etish, ilmiy tadqiqot faoliyatini boshlash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim imkoniyat yaratdi.