2026-yil 15-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 7/8 (760/761)-sonli Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

  • Home
  • 2026-yil 15-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 7/8 (760/761)-sonli Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

2026-yil 15-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 7/8 (760/761)-sonli Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

❕Majlisda universitet faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Majlisda OAKdan olingan ilmiy daraja diplomlari tantanali topshirildi:
• Xudoyqulov Zarif To‘raqulovich — texnika fanlari doktori (DSc);
• Nasrullayev Nurbek Baxtiyorovich — iqtisodiyot fanlari doktori (DSc);
• Kamolov Nodirjon Ma’murjon o‘g‘li — texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Abdiyev Nosir Raximovich — iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Jumamuratov Bexzod Akramjonovich — texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Votinov Kiril Alekseyevich — texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Geldibayev Begench Yegendurdiyevich — texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Berdiboyev Oltinboy Abdiboqi o‘g‘li — iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Daniyarova Sitora Qulmat qizi — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Avezova Dildora Davlatovna — filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Raximova Sevara G‘ayratovna — iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Sobirov Shaxzod Ozod o‘g‘li — iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Toliyev Xurshid Ilhamovich — texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Muradov Muhammad Murod o‘g‘li — texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
• Bekkamov Fayzi Absoatovich — texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Shuningdek, professor va dotsent ilmiy unvonlariga hujjat topshirgan nomzodlar bo‘yicha Hisob komissiyasi tuzildi hamda ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.

Kun tartibida bayram tadbirlarining o‘tkazilishi yuzasidan hisobotlar, 9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik, fakultetlarning o‘quv, ilmiy va tarbiyaviy faoliyati hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi.

Majlis yakunida Kengash raisi barcha ilmiy darajaga erishgan hamkasblarni tabriklab, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.