
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq, 2 ta uzrli sababga ko‘ra o‘qishini bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolarning transfer.edu.uz platformasi orqali yuborgan arizalari ko‘rib chiqildi. Natijada, ayrim arizalar kamchiliklari sababli rad etildi.
❗️Shuni inobatga olib, transfer.edu.uz tizimidan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 14–15-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
⚠️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.