Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan "Xalq dardi va tashvishi bilan yashash har bir rahbarning muqaddas burchi" deb aytgan so‘zlari, o‘z faoliyatida xalq bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida qilinayotgan ishlar ushbu konstitutsion normaning amalda qo‘llanilayotganining yaqqol isbotidir. Barcha darajadagi rahbar xodimlar ham ushbu talablardan kelib chiqqan holda ishlashi zamon talabiga aylangan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori 1-TTJda talabalari bilan ochiq davra suhbati o‘tkazdilar
Davra suhbati albatta O‘zbek milliy taomi bir lagan osh ustida bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri turli mavzularda savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Talabalar uchun kuy-qo‘shiqlar tashkillashtirilib barchani ko‘nglida yaxshi taassurotlar qoldirdi. Barcha fakultet talabalarining jonli muloqoti odat tusiga aylandi. Yoshlar uchun qaratilgan e’tibor, ularni qo‘llab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani o‘g‘il-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.