Klub faoliyati

  • Home
  • Klub faoliyati

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Bitiruvchilar klubi” 2019-yilning bahoridan o’z faoliyatini boshladi. Ushbu klubni tashkil etishdan maqsad – TATUda tahsil olgan hamda jamaytning turli sohalarida o’z faoliyatini yuritayotgan, shuningdek, chet el korxonalari, xorij mamlakatlarida ishlab yurgan birituvchilarni bir joyga to’plash, ularning bilim, tajriba, malakalarini hozirda universitetda tahsil olayotgan talabalarga yetkazib berish, Universitet bilan mudom aloqa saqlash hisoblanadi. 

Bitiruvchi talabalar ishlari dekanati ostida bo'linadi va mustaqil “Bitiruvchilar klubi” kengashi tomonidan boshqariladi.

TATU bitiruvchilari mahalliy va xalqaro jamoalar bilan aloqada bo'lishga qaratilgan. Universitet bitiruvchilarining aksariyati turli mamlakatlarda o'zlarining o'qish tajribalarini va TATUda erishgan bilimlarini butun dunyodagi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o'rtoqlashib kelmoqda. 

Shuningdek, TATU bitiruvchilariga dunyoning joyda qayerda bo'lishidan qat'i nazar, kelgusi yillar uchun doimiy manaviy-moddiy yordam ko'rsatishga xizmat qilishni maqsad qilgan.