Dissertatsiya himoyasini e’lon qilish

  • Home
  • Dissertatsiya himoyasini e’lon qilish

Dissertatsiya ishining himoyalari haqidagi "OAK Byulleteni" jurnalida e'lon qilish uchun quyidagi hujjatlar OAKga taqdim etiladi:

Doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoyalari haqidagi axborotlarni «OAK Byulleteni» jurnalida e'lon qilish uchun dissertatsiya ishi himoyaga qabul qilinib, opponentlar va yetakchi tashkilot tasdiqlangandan so'ng, avtoreferat chop etilishidan avval quyidagi hujjatlar OAKga yuboriladi:

  • Ixtisoslashgan kengash raisi imzolagan yo'llanma xat.
  • Talabgor to'g'risidagi ob'ektiv-ma'lumotnoma.
  • O'zbek va rus tillarida e'lon matnlari (dissertantning to'liq familiyasi, ismi sharifi, dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri, ixtisoslashgan kengash faoliyat ko'rsatayotgan tashkilot (uning pochta indeksi ko'rsatilgan holda manzili, telefon va faks raqami, elektron manzili), (dissertatsiya qaysi tilda yozilganligi) ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi, dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot, rasmiy opponentlar va yetakchi tashkilot to'g'risidagi ma'lumot, dissertatsiyaning qisqacha annotatsiyasi).
  • Talabgorning magistrlik (oliy ma'lumoti haqidagi) diplomining nusxasi. (Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlar uchun fan nomzodi diplomining nusxasi).
  • "OAK Byulletini" jurnalida dissertatsiya ishi mavzusi chop etilgan sahifasi nusxasi.
  • Nomzodlik imtihonlari va maxsus imtihon topshirilganligi to'g'risidagi guvohnomalar nusxalari.
  • Dissertatsiya ishini himoyaga qabul qilinganligi, rasmiy opponentlar va yetakchi tashkilot tasdiqlanganligi haqidagi ixtisoslashgan kengash qaroridan ko'chirma.
  • Dissertant tomonidan ishlab chiqilgan va ixtisoslashgan kengash tomonidan
  • tasdiqlangan yechimlar, xulosalar, tavsiyalar va ularning tatbiqi yuzasidan tegishli hujjatlar.
  • Ixtisoslashgan kengash qoshidagi ilmiy seminar bayonnomasi va majlis ishtirokchilari qayd varaqasi nusxalari.
  • Dissertatsiya avtoreferati qo'lyozmasi.

Izoh: ob'ektiv-ma'lumotnoma (Times New Roman shriftda) va e'lon matnlarini (Arial 14 shriftda) elektron versiyalari ham topshirilishi kerak.

Jurnal tahririyati ixtisoslashgan kengashlardan yuqorida keltirilgan talab bo'yicha e'lon matnini e'tibor bilan tuzishni so'raydi.

Grammatik xatolar va noaniqliklar bilan berilgan e'lonlar «OAK Byulleteni» jurnalida nashr etilmaydi, topshirilgan hujjatlar ixtisoslashgan kengashga qaytarilmaydi.

E'longa qabul qilingan hujjatlarning texnik ekspertizasi natijalari OAK Veb-saytiga 10 kun muddat ichida joylashtiriladi.
OAK Veb-sayti: (www.vak.uz)