Abdulla Nigʻmatovich Aripov
- Home
- Abdulla Nigʻmatovich Aripov
Tarjimai holi
- 1961-yil 24-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan.
- Maʼlumoti — oliy. 1983-yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini (hozirgi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini) tamomlagan.
- 1983-1992 — Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis.
- 1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis
- 1993-1995 — „Oʻzimpeksaloqa“ tashqi savdo firmasining direktor oʻrinbosari.
- 1995-1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimi rahbari.
- 1995-1996 — „TashAfinalAL“ QKning bosh direktori.
- 1996-1997 - Oʻzbekiston Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimini boshligʻi.
- 1997-1997 — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari.
- 1997-2000 — Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi.
- 2000-2001 — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari.
- 2001-2002 — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori.
- 2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori.
- 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda "Axborot-kommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish muammolari" mavzusida 08.00.05- „Menejment“ ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
- 2005-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari, aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari.
- 2012-yildan 2016-yilgacha Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti marketing va menejment kafedrasi mudiri.
- 2016-yil 13-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan.
- 2016-yil 12-dekabrda Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan. 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi.