Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik hamda kiberjinoyatlarni oldini olish bo'yicha targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Menu | 07-05-2024 | 10:10

Ushbu targ‘ibot tadbirga Respublika IIB Kiberxavfsizlik masʼul xodimlari va Yunusobod tuman IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i U.Djamilov va IIB masʼul xodimlari O.Nuriddinov hamda A.Olimovlar tashrif buyurishdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kibersport bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi bo‘ldi

Menu | 07-05-2024 | 09:59

Final bosqichida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “TATU” jamoasi bir qancha universitetlarning birlashmasidan tuzilgan “SS SPOT” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioniga aylanishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari talabalari diqqatiga!

Menu | 07-05-2024 | 09:56

💻 2024-yilning 20-24-may kunlari “TUIT bright future week” haftaligi bo‘lib o‘tadi. Unda talabalar turli musobaqalar, hakatonlar, tanlovlar, ko‘rgazma va albatta ko‘ngilochar dasturlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Joriy yilning 2-4- may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan "G‘alaba bog‘i" hududida “MSITF” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazildi.

Menu | 07-05-2024 | 09:49

✅ Joriy yilning 2-4- may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy texnik innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ratsionalizatorlik ishlanmalarni keng joriy qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahridagi "G‘alaba bog‘i" hududida “MSITF” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazildi.

Belgilangan o‘quv grafigiga muvofiq, Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari uchun joriy yilning 22-aprelidan bitiruv oldi amaliyoti boshlangan edi.

Menu | 07-05-2024 | 09:45

Mutaxassislik fanlarini chuqur egallashda nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishi inobatga olinsa, mazkur bitiruv oldi amaliyoti talabalar akademik o‘qish davri mobaynida alohida o'rin egallaydi.

XIV Yevrosiyo yoshlar iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan "Innovatsion Yevrosiyo" Xalqaro ilmiy-amaliy olimpiyadasi

Menu | 07-05-2024 | 09:39

✅ 2024-yilning 22-26-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan an'anaviy XIV Yevrosiyo yoshlar iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan "Innovatsion Yevrosiyo" Xalqaro ilmiy-amaliy olimpiyadasida Radio va mobil aloqa fakulteti talabasi Qudratillayev Meirbek "Цифровые решения для здравоохранения: экономическая эффективность и доступность" mavzusidagi loyihasi bilan chiqish qilib faxriy 1-o'rin bilan taqdirlandi.