Yangiliklar

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar diqqatiga!

18-12-2020 | 17:11

Sizni Isroilov Jamshid Dilshodovichning “Mobil aloqa qurilmalarini identifikasiyalash va ro‘yxatdan o‘tkazish algoritmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi 05.04.02 – “Radiotexnika, radionavigasiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.

TATUda sovrin miqdori 60 000 000 soʻm boʻlgan “IT MARAFON – 2021”ga start berildi!

01-12-2020 | 17:08

Joriy yilning 1-dekabridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan yurtimizdagi maktab oʻquvchilari, talabalar va dasturlashga qiziquvchi barcha yoshlarimiz uchun “IT MARAFON-2021” tanlovi tashkil etilmoqda.

$30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega sport dasturlash boʻyicha “IT Park Cup” chempionati!

26-11-2020 | 13:20

Sport dasturlash – bu intellektual sportning turli koʻrinishlari boʻlib, unda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli vazifalarni tezlikka ishlashi kerak boʻladi – asosan C/C++, Kotlin, Java va Python.

TATUda birinchi, toʻrtinchi bosqich talabalariga anʼanaviy shaklda taʼlim jarayoni boshlandi

16-11-2020 | 19:24

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavriaturaning birinchi, toʻrtinchi hamda magistraturaning  birinchi, ikkinchi bosqich talabalari anʼanaviy tarzda oʻqishni boshlashdi.

“Harbiy kafedra”da oʻqishni xohlagan  3-kurs talabalari diqqatiga!

13-11-2020 | 09:44

Joriy yilning 20-noyabrigacha HARBIY KAFEDRADA oʻqishni xohlovchilar TATU rektori nomiga ariza yozishlari va tibbiy koʻrikdan oʻtishga tayyorgarlik koʻrishlari zarur.

TATU talabalari “mGovAward” tanlovida gʻolib boʻlishdi!

11-11-2020 | 23:38

Mazkur tanlovda TATU Qarshi filiali “Dasturiy injiniring” fakulteti talabasi “Roboteach”masofaviy taʼlimga oid android ilovasi bilan faxrli birinchi oʻrinni, TATUning “Kompyuter injiniring” va “Dasturiy injiniring” fakultetlari talabalari “Sahiya”dasturiy mahsuloti bilan uchinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.