Yangiliklar

"O'zbektelecom" AK "TSHTT" filiali boshlig'i F.Rustamovlar ishtirokida professor-o'qituvchilar va talabalar bilan sayyor qabul tashkil etildi.

04-10-2022 | 18:54

Sayyor qabul davomida talaba-yoshlarga raqamli texnologiyalar asosida bilim olishlari uchun ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda talabalar turar joylarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlash, xususan, ularning oʼqishdan tashqari vaqtlarda qoʼshimcha daromad topishlari boʼyicha “Oʼzbektelekom” АK “TShTT” filiali vakillari o'z takliflarini berishdi.

NASA tomonidan tashkillashtiriladigan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tadbir

04-10-2022 | 14:01

Joriy yilning 2-oktabr kuni Toshkentda "O'zbekkosmos" agentligi va NASA tomonidan tashkillashtiriladigan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tadbirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Space Y jamoasi vakillari (Qodirov Z., Ochilov H., Ergashev A.) faxrli 🥇1-o'rinni egallab, keyingi bosqichda qatnashish uchun Amerikaga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

AKT vazirligi Toshkent shahar xududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Tursunov va "O‘zbektelecom" AK "TSHTT" filiali boshlig‘i F. Rustamov bilan uchrashdilar

04-10-2022 | 09:43

Uchrashuv davomida universitet oʼqituvchi-murabbiylari hamda talabalarining telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish holati bo‘yicha muammolari va ularning yechimi, talabarlarning oʼqishdan tashqari vaqtlarda qoʼshimcha daromad topishlari boʼyicha suhbat bo‘lib o‘tdi.

"Axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt sohasidagi ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi"ni birinchi kuni bo'lib o'tdi

03-10-2022 | 18:42

Ushu ko'rgazmada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalari va ishlanmalari bilan faol qatnashmoqda

1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni“ga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

03-10-2022 | 18:40

Tadbir boshida universitet rektori B.Maxkamov mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarayotgan, o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlab, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Assalomu alaykum aziz ustozlar, jonkuyar o‘qituvchi va murabbiylar!

01-10-2022 | 00:00

Sizlarni bugungi ulug‘ bayram “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!