Yangiliklar

TATUning xodim va talabalaridan tarkib topgan TATU jamoasi "Yangi O'zbekiston" bog'ida "Olympic day", "Vatan qalqoni" hamda "Yoshlar kuni"ga bagʻishlangan "Yangi nafas" yugurish musobaqasida ishtirok etdi.

Menu | 29-06-2024 | 10:17

Eslatib o'tamiz, Poytaxtdagi ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talabalar ham ishtirok etishdi. "Yangi nafas" yugurish musobaqasi dasturiga 3 va 10 km bo'lgan ikkita masofa kiritilgan.

TATUda “Akademik olimlar bilan uchrashuv” tadbirining navbatdagi mehmoni bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Menu | 29-06-2024 | 10:12

Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Reymov Axmed Mambetkarimovich "Hayotiy tajribalari, ilm yo‘llaridagi faoliyati" bilan o'rtoqlashdi.

Kuni kecha, 27-iyun kuni Xitoyning Yangju universiteti delegatsiyasi TATUga hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida tashrif buyurishdi.

Menu | 29-06-2024 | 10:01

🗒 Ikki universitet vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda axborot muhandisligi, dasturiy injiniring, tadqiqot markazlari faoliyati bo'yicha qo'shma loyihalar amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi. Bir kamar - bir yo'l tashabbusi bilan amalga oshirilishi kutilayotgan Xitoyga tashrif chog'ida o'zaro manfaatlarni ko'zda tutgan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Oliy ta’lim muassasalarida IT sohasidagi o‘qish imkoniyatlardan xabardormisiz?

Menu | 28-06-2024 | 15:12

Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.

Xakatonda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari 1-o'rinni egallab, esdalik sovg'alar va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Menu | 28-06-2024 | 11:14

2024-yil 27-iyun kuni Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU)tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Устранение цифрового неравенства” nomli ma’lumotlarni vizuallashtirish xakatonida universitet talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etdi.