Yangiliklar

“International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT 2022, Applications, Trends and Opportunities” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyaning birinchi kuni bo'lib o'tdi

28-09-2022 | 10:27

Ushbu anjuman Elektrotexnika va elektronika muxandislari instituti (Institute of Electrical and Electronics Engineers IEEE, www.ieee.org)ning texnik ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, universitetimizning qator professor-o‘qituvchilariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ushbu yetakchi tashkilot faoliyatiga mos turli ilmiy texnikaviy va kasbiy yo‘naltirilgan munozara va muhokamalar imkonini yaratadi.

400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishdi.

27-09-2022 | 14:36

Bugun, 27-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining investitsiyalar va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Egamberdiev Jamshid Sharifjonovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida yangi Davlat xususiy sherikchiligi asosida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishdi.

2021-yilda bir nechta mezonlar asosida o'tkazilgan oliy ta'lim muassalarining reytingida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining natijalarini ko'rib o'tish mumkin.

27-09-2022 | 14:34

Ushbu jadvallarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yilda bir nechta mezonlar asosida o'tkazilgan oliy ta'lim muassalarining reytingida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining natijalarini ko'rib o'tish mumkin.

“Android dasturchilarda ko'p uchraydigan xatolar va Augmented Reality va AR Core SDK” mavzularida master-class bo'lib o'tdi

26-09-2022 | 10:27

Mazkur tadbirda AQSHning “Jafton” kompaniyasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali dasturchilar o'zlarining faoliyatlari davomida shu sohada orttirgan bilim va tajribalari, izlanishlari hamda IT sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan o'rtoqlashdilar. O'z navbatida tadbirga kelgan yosh mutaxassislar va talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha kerakli tavsiyalar hamda talabalarning mavzuga oid bo‘lgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

"Kompyuter injiniringi" fakultetining yangi o‘quv binosini ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

25-09-2022 | 10:25

Yuz nafardan ziyodroq qatnashchilarga o'zbek milliy taomi-palov tortildi. Bir piyola choy ustida bo'lgan samimiy suhbat davomida yoshi ulug' ustozlar duoga qo'l ochib, universitetning keyingi faoliyatiga zafarlar tiladilar.

2022-yil 23-sentabr kuni Universitetning yana bir yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

23-09-2022 | 18:25

Bugun tashkil etilgan yangi o‘quv binoning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov boshchiligida Vazirlikning mutasaddi xodimlari, AKT soha korxonalari va tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdilar.