Yangiliklar

TATU Nukus filialida "Karyera kunlari " boʻsh ish oʻrinlari koʻrgazmasi tashkillashtirildi

Menu | 20-06-2024 | 15:47

Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilari va abituriyentlarni Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida “Karyera kunlari” boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarka

30-iyun – “Yoshlar kuni”ni keng nishonlash hamda yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Menu | 20-06-2024 | 15:45

Shu munosabat bilan, 21-iyun kuni Yoshlar ijod saroyida “Vazir va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Bugun Seeds for the Future 2024 dasturiga hujjat topshirishning so'nggi kuni!

Menu | 20-06-2024 | 15:44

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Seeds for the Future 2024 mintaqaviy taʼlim dasturida qatnashish uchun ariza topshirish muddati 2024-yil 20-iyungacha uzaytirildi. Ushbu noyob taʼlim loyihasi ishtirokchilari safiga qo‘shilish imkonini boy bermang.

TATU xodimlari targ'ibot dasturlari bilan Termizda

Menu | 20-06-2024 | 15:18

Raqamli texnologiyalar vazirligi ko'magida ITda muvaffaqiyatli karyera uchun to'g'ri universitet tanlashga ko'maklashish uchun TATU mas'ul xodimlari targ'ibot taqdimotlari bilan Termiz davlat pedagogika universitetida bo'lib turishibdi. Tadbirda maktab texnikum va kollej o'quvchilari jalb qilingan. Shuningdek, tadbir doirasida axborot texnologiyalari yo'nalishida viloyatda mavjud bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi ham tashkil etilgan.

“Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari o‘rtasida seminar tashkil etildi.

Menu | 20-06-2024 | 09:52

✅ Unda “Telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish va boshqarish xizmati" boshlig‘i o‘rinbosari Zilolov Fazliddin Xayatovich hamda bosh mutaxassisi Usmanov Sherzod Mirnumonovich tomonidan “Telekommunikatsiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi”  mavzusida ma’ruza qildi.

TATU talabasi Microsoft kompaniyasining Xalqaro “MS Azure fundamentals” kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi

Menu | 20-06-2024 | 09:33

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Dilmurod Murodov Microsoft kompaniyasining Xalqaro “MS Azure fundamentals” kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi va ushbu imkoniyatni qo‘lga kiritdi.