Yangiliklar

Bugun Seeds for the Future 2024 dasturiga hujjat topshirishning so'nggi kuni!

Menu | 20-06-2024 | 15:44

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Seeds for the Future 2024 mintaqaviy taʼlim dasturida qatnashish uchun ariza topshirish muddati 2024-yil 20-iyungacha uzaytirildi. Ushbu noyob taʼlim loyihasi ishtirokchilari safiga qo‘shilish imkonini boy bermang.

TATU xodimlari targ'ibot dasturlari bilan Termizda

Menu | 20-06-2024 | 15:18

Raqamli texnologiyalar vazirligi ko'magida ITda muvaffaqiyatli karyera uchun to'g'ri universitet tanlashga ko'maklashish uchun TATU mas'ul xodimlari targ'ibot taqdimotlari bilan Termiz davlat pedagogika universitetida bo'lib turishibdi. Tadbirda maktab texnikum va kollej o'quvchilari jalb qilingan. Shuningdek, tadbir doirasida axborot texnologiyalari yo'nalishida viloyatda mavjud bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi ham tashkil etilgan.

“Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari o‘rtasida seminar tashkil etildi.

Menu | 20-06-2024 | 09:52

✅ Unda “Telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish va boshqarish xizmati" boshlig‘i o‘rinbosari Zilolov Fazliddin Xayatovich hamda bosh mutaxassisi Usmanov Sherzod Mirnumonovich tomonidan “Telekommunikatsiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi”  mavzusida ma’ruza qildi.

TATU talabasi Microsoft kompaniyasining Xalqaro “MS Azure fundamentals” kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi

Menu | 20-06-2024 | 09:33

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Dilmurod Murodov Microsoft kompaniyasining Xalqaro “MS Azure fundamentals” kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi va ushbu imkoniyatni qo‘lga kiritdi.

TATUning Nurafshon filiali delegatsiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Yaponiya davlatida boʻlib turibdi.

Menu | 20-06-2024 | 09:28

Navbatdagi tashrif Yaponiya ta'lim tizimida alohida mavqega ega GIFU KOSEN (National institute of technology) taʼlim muassasasiga amalga oshirildi.

TATU, Odoo va UIC Group kompaniyalari o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Menu | 15-06-2024 | 08:51

Odoo Ta'lim guruhi rahbari  Kevin Daniel va UIC Group bosh direktori Muratov Murodkhuja TATUga hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida tashrif buyurishdi. Hamkorlik doirasida TATU talabalari uchun "UIC Group" kompaniyasiga amaliyotga borish imkoniyati yaratiladi.