Yangiliklar

Janubiy Koreyaning Ilg‘or mexatronika texnologiyalari instituti tashrif buyurdi

11-10-2022 | 18:41

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning Ilg‘or mexatronika texnologiyalari institutining “Loyihada ta'lim va o'qitish” bo‘yicha bosh mutaxassisi Yangsun Jeong, Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish kompaniyasi menejeri, Sungho Kim va Jeonju universiteti Sun’iy intellekt kafedra professori Ickrae Cho tashrif buyurdilar.

"Vazir kubogi" uchun o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

10-10-2022 | 12:03

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Vazir kubogi" uchun o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

“Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish (HEMIS)” axborot tizimidan samarali foydalanish hamda talabalarning mustaqil ishini toʼgʼri tashkil etish va nazorat qilishga bagʼishlangan seminar boʼlib oʼtdi.

10-10-2022 | 11:09

Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishdan boshlab, oʼquv jarayonini tashkil etish va oʼqishni tugallash bilan bogʼliq koʼp jarayonlarda elektron tizim imkoniyatlaridan unumli foydalanilmoqda. Yaratilayotgan qulayliklar ortiqcha sarsongarchilikning oldini olmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Jizzax shahrida tashkil etilgan Hindistonning Sambhram universiteti vakillari tashrif buyurdi.

10-10-2022 | 10:04

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekistonda Axborot texnologiyalar sohasidagi yetakchi oliy ta’limi hisoblangan TATUning o‘quv jarayonlari va ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishishdir. Shuningdek, universitet rahbarlari uchrashuv davomida o‘zaro anglashuv memorondumlari muhokama qildilar va Sambhram texnologiya universiteti TATUning tajribasini o‘rganish va joriy etish istagini bildirdilar.

“Transformers - All You Need Attention” mavzusida seminar o‘tkazdi.

07-10-2022 | 10:57

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Kompyuter injiniring fakultetida Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri Midea Group, Breakthrough Technology kompaniyasining katta ilmiy xodimi, data injiniring mutaxassisi, PhD, Qushnazarov Farrux Isakulovich juda dolzarb bo‘lgan “Transformers - All You Need Attention” mavzusida seminar o‘tkazdi.

TATU-BDIRU qo’shma axborot texnologiyalari fakultetida 2022/2023 – o’quv yili uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi suhbat asosida bo’lib o’tdi.

Menu | 06-10-2022 | 15:11

Bugun, 6-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU-BDIRU qo’shma axborot texnologiyalari fakultetida 2022/2023 – o’quv yili uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi suhbat asosida bo’lib o’tdi.