Yangiliklar

30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan TATUda talaba-yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sportning “mini-futbol” bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi

Menu | 01-07-2024 | 10:54

⚽️ “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sportning “mini-futbol” bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi

TATU “Sun’iy intellekt” kafedrasi mudiri, prof. Zaynidinov Hakimjon Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida o‘tkazilgan “Ishlab chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Xitoy-Markaziy Osiyo anjumani”da ishtirok etib, “Xitoy va O‘zbekistonda oliy ta’limni xalqarolashtirish tendensiyalari, istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Menu | 01-07-2024 | 10:48

Shuningdek, Xitoyning Karamay shahridagi Pekin neft universitetida “Ipak yo‘li 2024” bo‘yicha sanoat, ta’lim, tadqiqot va qo‘llash kooperatsiyasi va integratsiyasi” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida “Ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

TATUning xodim va talabalaridan tarkib topgan TATU jamoasi "Yangi O'zbekiston" bog'ida "Olympic day", "Vatan qalqoni" hamda "Yoshlar kuni"ga bagʻishlangan "Yangi nafas" yugurish musobaqasida ishtirok etdi.

Menu | 29-06-2024 | 10:17

Eslatib o'tamiz, Poytaxtdagi ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talabalar ham ishtirok etishdi. "Yangi nafas" yugurish musobaqasi dasturiga 3 va 10 km bo'lgan ikkita masofa kiritilgan.

TATUda “Akademik olimlar bilan uchrashuv” tadbirining navbatdagi mehmoni bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Menu | 29-06-2024 | 10:12

Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Reymov Axmed Mambetkarimovich "Hayotiy tajribalari, ilm yo‘llaridagi faoliyati" bilan o'rtoqlashdi.

Kuni kecha, 27-iyun kuni Xitoyning Yangju universiteti delegatsiyasi TATUga hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida tashrif buyurishdi.

Menu | 29-06-2024 | 10:01

🗒 Ikki universitet vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda axborot muhandisligi, dasturiy injiniring, tadqiqot markazlari faoliyati bo'yicha qo'shma loyihalar amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi. Bir kamar - bir yo'l tashabbusi bilan amalga oshirilishi kutilayotgan Xitoyga tashrif chog'ida o'zaro manfaatlarni ko'zda tutgan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.