Yangiliklar

VATANIMIZ MUSTAQILLIGINING YIGIRMA TOʻQQIZ YILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TATU REKTORINING TABRIGI

31-08-2020 | 19:03

Mana shunday quvonchli kunlarda universitetimizda faoliyat yuritayotgan muhtaram ustozlarni, universitetimizda faoliyat yuritayotgan xodimlarni, ertamiz ishonchi boʻlgan aziz talabalarni jonajon Vatanimizning — Oʻzbekistonimizning Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan oʻzim va universitet rahbariyati nomidan samimiy tabriklayman.

ImtihonGo mobil ilovasining imtihonlar o‘tadigan joylarning geomanzillari yangilanib, Google Play’ga joylashtirildi

28-08-2020 | 08:26

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan joylarning geomanzillarini ko‘rsatib beradigan “ImtihonGo” nomli maxsus mobil ilova yaratilgan edi.

TATU professori “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi!

28-08-2020 | 01:32

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat va OAV sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi

TATU rektorining abituriyentlarga murojaati!

27-08-2020 | 17:38

Avvalo, Sizga mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari orasidan bizning Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tanlaganingiz uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Kompyuter texnologiyalari va aloqa kolleji TATU qoshidagi texnikumga aylantirildi!

26-08-2020 | 17:17

 "Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.09.2019-yildagi  № PF 5812 farmoniga muvofiq Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani Nurafshon MFYda joylashgan Kompyuter texnologiyalari va aloqa kolleji Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) qoshidagi texnikumga aylantirildi.

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar diqqatiga!

20-08-2020 | 15:55

Sizni Dilshodbekov Shoxboz Dilshodbeko’g’lining “Kompyuter grafikasi asosida muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishning innovatsion usuli” mavzusidagi 13.00.02 – “Та’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Сhizma geometriya va muhandislik grafikasi)” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga bag'ishlangan ilmiy seminarga taklif etamiz.