Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter Injiniringi” fakulteti “Multimedia texnologiyalari” kafedrasi tomonidan 21-sonli Mehribonlik uyida tashkil etilgan “Web dasturlash” to‘garagi yakuniga yetdi.

27-05-2022 | 13:43

Shu munosabat bilan to'garak qatnashchilarga sertifikat va esdalik sovg’alari topshirildi. So'ngra tarbiyalanuvchilarni universitet faoliyati bilan va Media markaz hamda Inkubatsiya markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatrida Oliy ta'lim muassasalari orasida tashkil etilgan "Yilning eng yaxshi talabalar teatr - studiyasi" tanlovi o'tkazildi.

26-05-2022 | 20:28

Tanlovga Respublika miqyosidagi barcha Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'z chiqishlarini namoyish etdi. Shuningdek, ushbu tanlovga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining "TONG NURI" Talabalar teatr - studiyasi ham ishtirok etib, raqobatdoshlari orasida "ENG YAXSHI SPEKTAKL" nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni egalladi.

Yunusobod tumanida Talabalar ligasi doirasida o’tkazilgan Velosport musobaqa

26-05-2022 | 17:58

Joriy yilning 25-may kuni Yunusobod tumanida Talabalar ligasi doirasida o’tkazilgan Velosport musobaqasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

"Megafon" va "Omega" kompaniyalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

26-05-2022 | 15:53

Joriy yilning 25-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Megafon" kompaniyasining sanoat yechimlari bo'yicha direktori Olga Maslova va "Omega" kompaniyasining tijorat bo'yicha direktori Sergey Simonovskiy tashrif buyurdi.

"Teleradiouzatish" markaziga ekskursiya tashkillashtirdi.

26-05-2022 | 13:10

Joriy yilning, 25-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va mobil aloqa fakulteti Teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi professor-o'qituvchilari bitiruvchi talabalari uchun "Teleradiouzatish" markaziga ekskursiya tashkillashtirdi.

Universitet salohiyatiga hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilar munosib rag‘batlantirildilar

25-05-2022 | 19:09

Bugun O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshchiligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Katta majlislar zalida xalqaro reytinglardagi ko‘rsatgichlarini yaxshilash, ilmiy-innovatsion salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar munosib rag‘batlantirildilar.