Yangiliklar

TATUda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida keng qamrovli dezinfeksiya ishlari o'tkazilmoqda

13-10-2020 | 22:08

universitetda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, har kuni shaxsiy tarkib hamda qator maxsus texnika jalb etilgan holda oliygoh bo‘ylab keng qamrovli dezinfeksiya ishlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Taʼlim va milliy taraqqiyot

13-10-2020 | 14:39

TATU siyosiy fanlar doktori Baxtiyor OMONOV tomonidan bugunning aktual mavzularidan  biri "Taʼlim  va  milliy  taraqqiyot" mavzusida "Xalq soʻzi" gazetasining 2020-yil 13-oktabr kungi sonida tahliliy maqola chop etildi.

TATUda 1-kursga talabalikka tavsiya etilganlar uchun tanishuv darslari boshlandi

12-10-2020 | 14:13

Bugun, 12 oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1-kursga talabalikka tavsiya etilganlar uchun tanishuv darslari boshlandi. Tanishuv darslari belgilangan dars jadvallari asosida tashkil etilib, bugun barcha taʼlim yo‘nalishidagi talabalar uchun universitetning o‘quv binosida darslar tashkil etilgan. Barcha yo‘nalishlar uchun darslar 12 kun davomida to‘liq yakunlanadi.

DIQQAT TANLOV!

10-10-2020 | 16:45

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida “Yoshlar – korrupsiyaga qarshi” shiori ostida maqollar tanlovi eʼlon qilinadi.

HURMATLI ABITURIYENTLAR!

09-10-2020 | 19:57

Turli uzurli sabablarga ko‘ra (kassallik yoki boshqa sabablar, hujjat bilan tasdiqlangan holda) sinov imtixoniga qatnasha olmagan abituriyentlar uchun 2020 yilning 12 oktyabr kuni soat 9:00 da qo‘shimcha sinov imtixoni o‘tkaziladi.

TATUga yangi rektor tayinlandi

09-10-2020 | 12:41

TATUga yangi rektor tayinlandi