Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2022/2023-o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

20-08-2022 | 10:16

Shahrimiz ko'rkiga yanada ko'rk qo'shish hamda viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talaba-yoshlarimiz uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Talabalar turar joyi binosida qayta ta'mirlash ishlari jadal olib borilmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov MFaktor va Impuls loyihalari asoschilaridan biri Hasan Mamasaidov bilan uchrashdilar

19-08-2022 | 09:41

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad masofaviy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, masofaviy ta’lim uchun o‘quv kontentlarni yaratish doirasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Uchrashuv avvalida masofaviy ta’limni qo‘llab-quvvatlash maqsadida video kontentlarni yaratishga mo‘ljallangan, Jalinga apparat dasturiy komplekslari bilan jihozlangan studiyalar tanishtirildi.

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdilar

18-08-2022 | 19:31

Tashrif chog'ida universitetning 2022/2023 o'quv yiliga tayyorgarlik holatlari bilan yaqindan tanishib chiqildi. Xususan, yangi o'quv yiliga o'quv auditoriyalari, laboratoriya xonalari, o'quv me'yoriy hujjarlar, talabalar uchun yotoqxonalarni tayyor holga keltirilganligi bo'yicha shaxsan tanishib chiqdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida salohiyatli professor-o'qituvchilar ko'paymoqda

18-08-2022 | 09:24

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, "Axborot texnologiyalari servisi" kafedrasi katta o'qituvchisi Egamberdiyev Hojiakbar Salohitdinovich texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) unvonini oldi.

“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan respublika fan olimpiadasi o'tkazildi.

16-08-2022 | 18:03

Mazkur fan olimpiadasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi: 2-o'rin sohibi Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Abdimanabov Ulug‘bek Furqat o‘g‘li. 3-o'rin sohibi Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Qodirov Jamshid Alam o‘g‘li.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga Klagenfurt universiteti professori Jan Chemberlen Chedjou tashrif buyurdi

13-08-2022 | 12:29

✅Uchrashuvda TATU va uning filiallari professor-o'qitvuchilari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish strategiyalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, ushbu hamkorlik yuqori sifatli va ko‘p tarmoqli ishlarni (Scopus indekslangan maqolalar) nashr etishga yordam beradi.