Yangiliklar

Qoraqalpog'iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi va tegishli tashkilotlar tomonidan Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovi o'tkazildi.

12-08-2022 | 11:58

Ushbu tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali professor-oʻqituvchisi A.Tumaeva “Baxtli ayol kundaligi” loyihasi bilan ishtirok etib “Informatsiya va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha eng yaxshi innavatsion loyiha” nominatsiyasi g’olibiga aylandi.

“International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo'lib o'tdi

11-08-2022 | 17:31

Ushbu konferensiyani maqsadi muqobil energetika, transport va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-o'qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Munavarxonovich Buzrukxonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi

11-08-2022 | 09:50

Tashrif davomida filialning yangi o‘quv yiligiga tayyorgarligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 563-son Qaroriga asosan Davlat xususiy-sheriklik asosida Talabalar turar joylarining qurilish ishlari jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, yangi qurilayotgan hamda qurilishi rejalashtirilgan ob’ektlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.

Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Қарши филиалида янги 400 ўринли талабалар турар жойининг қурилиш ишлари бошланди

11-08-2022 | 09:42

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарорига (https://lex.uz/docs/5622798) мувофиқ, давлат-хусусий шерикчилик асосида Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Қарши филиалида барча қулайликларга эга бўлган 400 ўринли замонавий талабалар турар жойининг қурилиш ишлари бошланди.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari va xodimlari 2022/2023-o'quv yili uchun kirish imtihonlarini shaffof, adolatli va sifatli o'tishiga ko'mak berishmoqda

09-08-2022 | 18:24

Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari va xodimlari 2022/2023-o'quv yili uchun kirish imtihonlarini shaffof, adolatli va sifatli o'tishiga ko'mak berishmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida professor-o'qituvchilar va xodimlarning huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida davra suhbatlari o'tkazildi

08-08-2022 | 13:05

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida professor-o'qituvchilar va xodimlarning huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida davra suhbatlari o'ztakizldi