Tashrif davomida TATU Qarshi filialida qad rostlayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, quruvchilar va mas'ullar bilan suhbatlashdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi” Farmoni hamda Davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, internet jahon tarmogʼida munosib oʼrin egallashini taʼminlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Yoshlar ijod saroyida “Wiki stipendiya” marafoni oʼtkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti 2-talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirokida “Favqulodda vaziyatlar yuz berganda harakatlanish, Is gazidan zaharlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish”, “Botulizm”, “Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik”, “Elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish va nosoz elektr uskunalardan foydalanmaslik”, “Hayot faoliyati va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish” mavzusida davra suhbati
Universitet hududida, shu jumladan talabalar turar joyida telekommunikatsiya xizmatlarining mavjud holati, ularning faoliyatidagi tizimli muammolar va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish mexanizmlarini yaratish;
Sayyor qabul davomida talaba-yoshlarga raqamli texnologiyalar asosida bilim olishlari uchun ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda talabalar turar joylarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlash, xususan, ularning oʼqishdan tashqari vaqtlarda qoʼshimcha daromad topishlari boʼyicha “Oʼzbektelekom” АK “TShTT” filiali vakillari o'z takliflarini berishdi.
Joriy yilning 2-oktabr kuni Toshkentda "O'zbekkosmos" agentligi va NASA tomonidan tashkillashtiriladigan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tadbirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Space Y jamoasi vakillari (Qodirov Z., Ochilov H., Ergashev A.) faxrli 🥇1-o'rinni egallab, keyingi bosqichda qatnashish uchun Amerikaga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.