Yangiliklar

Talabalari dars jarayonini aralash koʻrinishda davom ettirishlari mumkin

15-11-2020 | 17:06

Bugungi yurtimizdagi pandemiya davrida eng birinchi oʻrinda talabalarning sogʻligi turishini inobatga olgan holda TATU maʼmuriyati anʼanaviy taʼlim shakliga qaytishi mumkin boʻlgan bakalavriaturaning birinchi, toʻrtinchi hamda magistraturaning birinchi, ikkinchi bosqich talabalari dars jarayonini aralash koʻrinishda davom ettirishlari mumkinligini maʼlum qiladi. Yaʼni talabalar anʼanaviy taʼlim shaklida universitetga kelib tahsil olishlari, yoki sharoiti boʻlmasa masofaviy shaklda darslarni davo

Talabalar diqqatiga!

14-11-2020 | 15:47

Shu munosabat bilan, TATUning bakalavr 1 hamda magistr1-, 2- bosqich talabalari 2020-yil 16-noyabridan anʼanaviy tarzda oʻqishni davom ettiradilar. 2-, 3-, 4-bosqich talabalari esa masofaviy taʼlim shaklida oʻqishlarini davom ettiradi.

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar diqqatiga!

14-11-2020 | 12:50

Sizni Mirzoqulov Hotam Baxtiyor oʻgʻlining  05.04.02 – «Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolali optik aloqa tizimlari» ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Metamateriallar asosida antenna-fider qurilmalarining samaradorligini oshirish usullari va modellari» mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasiga taklif etamiz.

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar diqqatiga!

14-11-2020 | 12:46

Sizni Maxmudov Salimjon Olimjonovichning “Yuqori yuklama sharoitida dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda geterogen trafik oqimlarini taqsimlash modeli va algoritmlari” mavzusidagi 05.04.01 - “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.

TATU rektori S.Babaxodjayev Urganch filialiga tashrif buyurdi

13-11-2020 | 11:56

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Urganch filialiga TATU rektori S.Babaxodjayev tashrif buyurdi. Tashrif doirasida S. Babaxodjayev filial jamoasii bilan uchrashdi va fikr almashdi.

TATU talabalari “mGovAward” tanlovida gʻolib boʻlishdi!

11-11-2020 | 23:57

Mazkur tanlovda TATU Qarshi filiali “Dasturiy injiniring” fakulteti talabasi “Roboteach” masofaviy taʼlimga oid android ilovasi bilan faxrli birinchi oʻrinni, TATUning “Kompyuter injiniring” va “Dasturiy injiniring” fakultetlari talabalari “Sahiya” dasturiy mahsuloti bilan uchinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.