Yangiliklar

MUHAMMAD AL-XORRAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI TALABASI O'ZBEKISTON CHEMPIONATIDA 3-O'RINNI EGALLADI

21-05-2022 | 09:27

Joriy yilning 11-14-may kunlari Toshkent viloyatida Para pauerlifting sport turi bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali Kompyuter injiniring fakulteti 1-bosqich talabasi Qurbanbayev Navruz 49kg vaznda ishtirok etib, 55 kg natija bilan faxrli 3-o'rinni egalladi.

BDIRU professor-o‘qituvchilari talabalar bilan uchrashuv

21-05-2022 | 09:22

Belarus Respublikasining Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti professor-o‘qituvchilari N.Lapitskaya va S.Kruglov TATU-BDIRU AT qo‘shma fakultetida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdilar

Raxmatullayev Marat Alimovich Xalqaro axborotlashtirish Akademiyasining akademigi unvoni bilan taqdirlandilar.

20-05-2022 | 18:24

Shu munosabat bilan universitet rahbariyati va jamoasi Raxmatullayev Marat Alimovichni tabriklaydi va ilmiy faoliyatida yanada muvaffaqiyatlar tilaydi.

TALABALARIMIZ KARATE ITKF MARKAZIY OSIYO CHEMPIONI

20-05-2022 | 18:00

Ushbu qizg‘in bahsda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ''Telekommunikatsiya texnologiyalari'' fakulteti Axborot xafsizligi yo‘nalishi 2-bosqich, 208-guruh talabasi Ergashev Zamonjon hamda “Kompyuter injiniringi” fakulteti 3-bosqich, 101-guruh talabasi Narziyev Shoxruzlar g‘oliblar qatoridan joy olib, shohsupaga ko‘tarildi.

iTechArt kompaniyasi iste’dodli yoshlarni jalb qilish bo‘yicha menejeri Aleksandra Akulova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

20-05-2022 | 15:39

Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari uchun stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish, dasturlar va ilg‘or texnologiyalar sohasida musobaqalar tashkil qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar hamkorlik aloqalarini rasmiy darajaga olib chiqish maqsadida anglashuv memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

BDIRU delegatsiya bilan uchrashuv

20-05-2022 | 14:17

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Belarus Respublikasining Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti prorektori V.Stempinskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.