Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi uchun hujjat topshirmoqchi bo'lgan talabalar diqqatiga!

08-10-2019 | 12:12

Hurmatli talabalar! Iqtidorli talabalar uchun joriy etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi uchun http://mitc.uz/uz/conference/grant-mitc saytidan roʻyxatdan oʻtib, xujjatlaringizni topshirishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz. Roʻyxatdan oʻtish va xujjatlarni (onlayn) topshirish muddati joriy yilning 30 окtyabrigacha!!!

Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

07-10-2019 | 11:51

Sizni Xamdamov Utkir Raxmatillayevichning 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligi bo’yicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Telekommunikatsiya raqamli tizimlarida ko‘p o‘lchovli signallarga veyvlet funksiyalar yordamida parallel ishlov berish modellari va algoritmlari» mavzusidagi dissertatsiyasi ilmiy seminariga taklif etamiz.

TATUda "Sun'iy intellekt va Data Science" mavzusida master-klass bo'lib o'tdi

07-10-2019 | 10:47

4-oktabr kuni TATUning katta majlislar zalida "Sun'iy intellekt va Data Science" mavzusida master-klass bo'lib o'tdi.

XORIJLIK MАLАKАLI EKSPERTLАR IShTIROKIDА OTM VАKILLАRI UChUN SEMINАR-TRENING OʼTKАZILDI

07-10-2019 | 10:36

Xalqaro miqyosda tan olingan jurnallarning mavjudligi davlatni jahonda tanilishi va eʼtirof etilishining muhim omilidir. Jumladan, shu yilning 3-4 oktyabrь kunlari bir guruh yetuk xorijlik ekspertlar ishtirokida respublikadagi oliy taʼlim muassasalarining 41 ta ilmiy jurnallarining muharrirlari hamda taqrizchilari uchun qulay boʼlgan erkin konfiguratsiyalar qoʼllanilgan noyob platformasini yaratish, oliy taʼlim muassasalarining jurnallarini nufuzli ilmiy jurnallar qatoriga kiritish mavzusida seminar-trening oʼz ishini boshladi.

TАTUda “Smart city” xalqaro konferentsiyasi boʼlib oʼtadi

05-10-2019 | 05:05

“Oʼzbekiston-Germaniya 2019” ilmiy-tadqiqot dasturining rejasiga binoan 2019 yil 7-11 oktabr kunlari Germaniyaning Oldenburg universiteti, TАTU, TАTU Samarqand, Nukus va Urganch filiallari hamkorligida TАTUda “Smart city” mavzusida Oʼzbekiston-Germaniya xalqaro konferentsiyasi boʼlib oʼtadi.

TATU AQSHning yetakchi Syracuse universiteti bilan hamkorlik qilishni kelishib oldi

04-10-2019 | 10:37

Muhammad Аl-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti, axborot texnologiyalari kafedrasi katta oʼqituvchisi T. Xoʼjaqulov, hamda Kompyuter injiniringi fakulteti dekani muovini X.Jiyanbekovlar Amerika Qo’shma Shtatlari Syracuse Universitetiga tashrif buyurib, xalqaro bo’lim boshlig’i Sue Corieri hamda universitet professor o’qituvchilar bilan uchrashdilar. Uchrashuv mobaynida o’qtuvchilarning o’z mutaxassisliklari bo’yicha malaka oshirish kurslariga yuborish, bakalavr hamda magistir yo’nalishlari bo’yicha o’qishga taklif etish, tayanch doktori va doktaranturaga o’qituvchilarni jalb etish