Yangiliklar

Oʻzbekiston terma jamoasi nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasida qatnashib 180ta davlat jamoalari ichidan faxrli 2-o‘rinni egallab 5 ta kumush medal bilan qaytishdi.

Menu | 02-10-2024 | 09:49

Jamoamiz Gretsiya davlatida bo‘lib o‘tgan, 180 ta mamlakat jamoalari ishtirokidagi nufuzli First Global Challenge 2024 xalqaro musobaqasida ishtirok etib 2-o‘rinni egallab qaytishdi.

“Uzbekistan GTL" stipendiyalar tanlovi va ishlab chiqarish amaliyotiga saralash dasturi e’lon qilindi.

Menu | 02-10-2024 | 09:47

Unda O‘zbekiston Respublikasidagi texnika va texnologiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

2024-yilning 24-27-sentyabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida joylashgan Shimoliy texnologiya universitetida “First China-Uzbekistan University Science and Techology Innovation” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Menu | 30-09-2024 | 14:33

Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi a’zolari bilan birgalikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining raisi - Jumayev Sohib Bahodirovich delegatsiya a’zosi sifatida hamda TATUning professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan seminar ishtirokchilari Sun’iy intellekt kafedrasi professor - o‘qituvchilari K.Shukurov va Sh.Xoldorovlar ham qatnashishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va Moskva politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Innovatsion korxona: raqamlashtirish, sifat, xavfsizlik” nomli xalqaro anjuman amalga oshirildi.

Menu | 30-09-2024 | 14:24

Mazkur anjuman davomida professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar mahorat darslari bilan ishtirok etib, qatnashuvchilar uchun ma’ruza qilindi.

Oʻzbekiston terma jamoasi Gretsiya davlatida bo‘layotgan nufuzli  First Global Challenge 2024 xalqaro robototexnika ishtirok etmoqda.

Menu | 30-09-2024 | 09:22

Ushbu nufuzli musobaqada TATU dan terma jamoa rahbari sifatida Z.Qodirov jalb qilingan, hamda terma jamoaga universitetimiz talabasi M.Teshabayev sardorlik qilmoqda.