22 noyabr kuni “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida “Tele va video maxsulotlarning sifatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, energiya isteʼmolini va energiya tejashni intensifikatsiyalash hamda Smart va IoT tizimi asosida xodimlarning malakasini oshirish tizimlari” nomli Loyiha doirasida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida mavjud boʻlgan muammolarni hal etish yoʻlida ishlab chiqilgan qator choralarga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida 20 noyabr kuni “Tinchlik – eng oliy neʼmat” shiori ostida “Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
17 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univerisitetida Yunusobod tumani hokimiyati hamda hamkorlikda va Xiyobontepa maxalla faollari bilan hamkorlikda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish hamda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida “Yurt taraqqiyoti uchun barchamiz masʼulmiz” shiori ostida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
17 noyabrda TATUda Oʻzbekistondagi Britaniya kengashi va London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda talabalarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash hamda talabalarning tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maksadida eʼlon qilingan “Big Idea Challenge” koʻrik tanlovi shartlari yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti dekani K.A.Tashev tashabbusi bilan, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta oʻqituvchisi T.A.Xoʻjaqulov boshchiligida xalqaro “ORACLE” kompaniyasi bilan hamkorlikda “ORACLE ACADEMY” si ochildi.
Sizni 2018 yil “21” noyabr kuni soat 14:00 da BOLTIBAYEV SHUXRATJON KOMILJANOVICHning «Davriy rejimda ishlayotgan oʻzaro boʻgliq magistral gaz quvurlarini matematik modellashtirish va tdqiq etish» mavzusidagi xamda YAXSHIBAYEV DONIYOR SULTONBAYEVICHning «Suv havzalaridagi koʻp fazali stratifikasiyalangan oqimlar rivojlanishi dinamikasini modellashtirish» mavzusidagi 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligining texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarining muhokamalari boʻlib oʻtadigan ilmiy seminarga taklif etamiz.