Bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 3 – dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Santosh Jha tashrif buyurdi.
29 - noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “O‘zbekistonda zamonaviy AKTlarni tadbiq etish muammolari va unda axborotlashgan iqtisodiyotning o‘rni” mavzusida olib borilayotgan tadqiqot ishlarining rejasiga muvofiq, amaliy loyiha (BV_Atex-2018-2737) doirasida “O‘zbekistonda raqamli (axborotlashgan) iqtisodiyotning zamonaviy holati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari tashkil etildi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi qoshidagi Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center”, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorliqda joriy yilning 19 - avgustidan boshlab “ITWomenUz” - loyihasi ilk marotaba amalga oshirilmoqda.
TATU delegatsiyasi uchrashuv davomida Keio Universitetining Professorlari Kan Suzuki, Jun Murai, Masahito Kawamori bilan uchrashib, Keio Universitetining Fan va Tenologiyalar fakulteti bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishib oldi.
Shibaura Texnologiya Instituti Global Hamkorlik divizioni Boshqaruvchi Menedjeri Osama Sugiyama va Xalqaro dasturlar bo'yicha menedjer Yutaka Furuya bilan Bakalavriaturada tahsil olayotgan talabalar almashinuvini joriy etish bo'yicha kelishuvga erishildi.