Yangiliklar

ITNT-2022 mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z faoliyatini boshladi.

29-04-2022 | 23:17

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikdagi 2022-yilning 29-30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telkommunikatsiyalar” - ITNT-2022 mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z faoliyatini boshladi.

Bo'sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish jarayonlari to‘g’risida uchrashuv o'tkaziladi.

29-04-2022 | 23:07

Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Unitel" MCHJ (Beeline) korxonasi xodimlari ishtirokida talabalarni amaliyotga jalb qilish va bitiruvchilarni bo'sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish jarayonlari to‘g’risida uchrashuv o'tkaziladi.

“Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni”ga bag‘ishlab xotin-qizlar bilan muloqot bo'lib o'tdi.

29-04-2022 | 19:37

Ushbu tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bir qator ayol professor-o'qituvchilar, talaba-yoshlar hamda TATUda faoliyat boshlagan IT-Women.uz loyihasining bitiruvchilari faol ishtirok etishdi.

“Muvaffaqiyat sari yol” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

29-04-2022 | 12:14

Joriy yilning 28-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida kasb ta'limi fakulteti “Axborot ta'lim texnologiyalari” kafedrasi tomonidan Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi dosentlari, p.f.n. R. M. Abdullaeva va U.S. Saribaevalar bilan “Muvaffaqiyat sari yol” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

"Ahmad Donish" va "Bog‘i-Eram" mahallalariga kitoblar topshirildi.

29-04-2022 | 09:55

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, maʼnan yetuk qilib tarbiyalash, bilim va kasbiy mahoratini rivojlantirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetiga biriktirilgan Yunsobod tumanidagi "Ahmad Donish" va "Bog'i-Eram" mahallalariga kitoblar topshirildi.

Inson maʼnaviyatini shakllanishida kitobning oʻrni katta. U sodiq doʻst, mehribon oʻrtoqdir. Unda ezgu fikrlar oʻz aksini topadi. Insonni yashashga, umid qilishga, ortidan yaxshilik qoldirishga undaydi.

28-04-2022 | 19:55

Joriy yilning 27-aprel kuni Adiblar hiyobonida boʻlib oʻtgan "Adiblar - xalqning yuragi” shiori ostida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-oʻqituvchilari va Yozuvchilar uyushmasi vakillari hamda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etishdi.