Yangiliklar

TATUning professor-o’qituvchilari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetida stajirovka jarayonlarini boshlashdi

06-02-2019 | 13:18

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda Belarus davlat informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o’rtasidagi memorandumga asosan shu yilning 1-fevralidan universitetimiz professor-o’qituvchilari tajriba almashish o’quv-seminarlarida ishtirok etishmoqda. Ushbu o’quv-seminar jarayoni 28-favralgacha davom etishi rejalashtirilgan.

TATUda AQSHning Webster universiteti “Biznes boshqaruvi (MBA)” magistratura yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilish davom etmoqda!

06-02-2019 | 05:27

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQSHning Webster universiteti (Webster University, George Herbert Walker School of Business and Technology) Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yoʻnalishi) oʻquv dasturi asosida “Loyihalarni boshqarish” yoʻnalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini maʼlum qiladi.

Yosh dasturchilar uchun “ROBO CODERS 2019“ tanlovi e'lon qilindi!

05-02-2019 | 13:14

2019 yilning 4 fevralidan 15 fevraligacha qadar “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi tashabbusi bilan “ROBO CODERS 2019“ yosh dasturchilar tanlovi oʻtkaziladi. Mazkur tanlovda yosh dasturchilar bir-biri bilan koʻnikma va bilim darajalarida raqobatlashish, avtomatlashtirilgan mashinalar yaratish uchun kod yozish orqali o'zlarining bilim va koʻnikmalarini oshiradilar.

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hodimlari va talaba yoshlarni ichki ishlar boshqarmasidagi boʻsh ish oʻrinlari jalb qilish maqsadida uchrashuv-muloqot oʻtkazildi

05-02-2019 | 12:04

5-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi mutaxassis hodimlari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti toʻrtinchi bosqich talabalari oʻrtasida talaba yoshlarni ichki ishlar organlarida mehnat faoliyatiga jalb qilish, ularni yosh mutaxassislarga vazirlik tizimidagi tashkilotlarda yaratilgan sharoitlar bilan tanitirishga qaratilgan uchrashuv-ochiq muloqot oʻtkazildi.

Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

05-02-2019 | 07:12

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarga taklif etamiz.

TATUda KOICA bilan hamkorlikdagi "Integrated systems TUIT" loyihasini amalga oshirishning 1-bosqichi yakunlandi

31-01-2019 | 13:34

31-yanvar kuni KOICA vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda TATUda KOICA hamkorligidagi "Integrated systems TUIT" loyihasini amalga oshirishning 1-bosqichi yakunlari muhokama qilindi.