Yangiliklar

“Eng yaxshi yosh olimlar-2022” MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilagan loyihasida faol ishtirok etib, Qozogʻiston olimlar kongressi tomonidan 1-darajali diplom hamda medal bilan taqdirlandi.

20-07-2022 | 13:44

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Dasturiy injiniringi” fakulteti “ 3-bosqich talabasi Sulaymonov Davron Begimqul o’g’li Qozogʻiston Respublikasining Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtgan “Eng yaxshi yosh olimlar-2022” MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilagan loyihasida faol ishtirok etib, Qozogʻiston olimlar kongressi tomonidan 1-darajali diplom hamda medal bilan taqdirlandi.

"TATU" sport sog'lomlashtirish va dam olish maskanida Team Building o'tkazildi.

19-07-2022 | 21:06

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati va rahbar xodimlari ishtirokida 2021-2022-o‘quv yili sarhisobi, yangi o‘quv yili rejalari hamda ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil qilish maqsadida "TATU" sport sog'lomlashtirish va dam olish maskanida Team Building o'tkazildi.

Erasmus+ dasturi doirasidagi MechaUz (Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology) loyihasi doirasidagi seminarlar, uchrashuvlar va trening haftaligida ishtirok etmoqdalar.

18-07-2022 | 18:13

Uchrashuvning birinchi kunida TBTA va DT kafedrasi professor-o‘qituvchisi U.Xamdamov mazkur loyiha doirasida mexatronika va robototexnika sohasidagi ta’lim va tadqiqot ishlari yuzasidan TATUda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi.

Yana bir iqtidorli talabamizning sport sohasidagi yutuqlari

18-07-2022 | 14:45

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Kompyuter injiniringi fakulteti 2-bosqich talabasi Mamurov Xolmurod Bakirovich sportning 🏈Regbi-7 turi bo'yicha barcha yosh toifalari o'rtasida (U-20) bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida faxrli 1-o'rinni egalladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari Erasmus+ KA107 Staff Mobility dasturi bo'yicha Avstriya davlatining Klagenfurt universitetiga tashrif buyurishdi.

18-07-2022 | 08:46

Tashrifdan asosiy maqsad universitetlar o'rtasida tuzilgan kelishuvlarni bajarilishi va yangi kelishuvlar tuzishdan iborat. Shuningdek, Polsha davlatining Gdansk politexnika universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda umumiy qo'shma loyiha tayyorlash kelishib olinib, birlamchi fikrlar o'rganib chiqildi.

Yana bir bor iqtidorli talabamizning sport sohasidagi yutuqlari

16-07-2022 | 11:23

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Kompyuter injiniringi fakulteti 2-bosqich talabasi Zaynetdinov Marsel Ruslanovich sportning suvga sakrash turi bo'yicha barcha yosh toifalari o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida faxrli 1-o'rinni egalladi.