Yangiliklar

“Information technology in medicine” Xalqaro loyiha konferensiyasi

01-12-2018 | 16:42

Joriy yilning 5 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Erasmus+TechReh” loyihasi doirasida “Information technology in medicine” xalqaro konferensiyasi boshlanadi.

Iqtidorli talabalarga Muxammad al-Xorazmiy stipendiyasi sertifikatlari topshirildi

01-12-2018 | 09:28

29 noyabr kuni Muxammad al-Xorazmiy nomli Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kengashi yigʻilishida universitetda tahsil olayotgan, oʻquv jarayonida yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlgan, respublika hamda fan olimpiada gʻoliblari, AKTga oid ilmiy-tadqiqot, yirik dasturlar va izlanishlarda ishtirok etayotgan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taʼsis etilgan Muxammad al-Xorazmiy nomli stipendiyasi sovrindorlarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Xalqaro axborot texnologiyalari (Qozogʻiston) universiteti vakillari TATUda

30-11-2018 | 11:45

Joriy yilning 19-24 noyabr kunlari Qozogʻiston respublikasining Xalqaro axborot texnologiyalari universiteti kafedra mudirlari Gulnora Zakirova va Vasiliy Serbin Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Urgench va Nukus filiallariga tashrif buyurdilar.

Pedagogga eʼtirof!

30-11-2018 | 09:15

Respublika Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovida TATUning bir qator professor-oʻqituvchilari ishtirok etib, qator nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Diqqat konferensiya!

27-11-2018 | 07:59

Tashkiliy qoʻmita Sizni “Oʻzbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish” mavzusidagi universitet ilmiy-uslubiy konferensiyasida ishtirok etishga taklif qiladi.

TATU professori “Yosh olim” respublika tanlovi sovrindori

27-11-2018 | 06:25

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan “Yosh olim” respublika tanlovida TATUning Audiovizual texnologiyalar kafedrasining yosh professori Beknazarova Saida Safibullayevna ishtirok etib, Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.