Yangiliklar

TATU hamda Korea Elektronikalar Texnologiya Instituti o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

19-04-2019 | 11:38

18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Korea Elektronikalar Texnologiya Instituti (KETI) vakillari tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad – TATU hamda KETI o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga

TATUda Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

19-04-2019 | 10:58

18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Bonch Bruevich nomidagi Sank-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetining magistratura bo’limi direktori Aleksandr Nikolaevich Buchatskiy va universitetgacha tayyorgarlik bo'limi boshlig'i Tatyana Viktorovna Drobina bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

“Expo-Russia Uzbekistan 2019” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi marhamat!

17-04-2019 | 09:51

Joriy yilning 24-26 aprel kunlari Toshkentdagi Yoshlar ijodiyot markazida “Expo-Russia Uzbekistan 2019” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo’lib o’tadi. Ko‘rgazmada ishtirok etishga Rossiyaning eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalari — energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, neft-kimyo va kimyo sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, telekommunikatsiya va aloqa, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish, tibbiyot va farmatsevtika, ta’lim, bank, xalqaro huquq yo‘nalishidagi ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar taklif etilgan.

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar!

16-04-2019 | 14:42

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi “Yosh olimlar kengashi” bilan hamkorlikda joriy yilning 17-aprel kuni kichik majlislar zalida soat 14:00 da boʻlib oʻtadigan Konkordiya universiteti (Fransiya) professori Ahmed Seffahning “Living Lab, A place for Co-Creation” mavzusidagi hamda soat 15:00 da intellektual mulk agentligi xodimining “Intellektual mulk sohasida intellektual va ijodiy faoliyat natijalarini huquqiy himoya qilish masalalari” mavzusida boʻlib oʻtadigan maʼruzaga taklif qilamiz!

TATU Xalqaro Oracle kompaniyasi hamda Microsoft, Cisco sertifikatlarini olish bo'yicha hamkorlik qiladi

16-04-2019 | 09:12

Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Kompyuter injiniringi" fakulteti "Axborot texnologiyalari" kafedrasi katta oʻqituvchisi T.A.Xoʻjaqulov Moskva shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro Oracle kompaniyasining "Oracle Academy Day" konferensiyasiga qatnashdi.

TATU talabalariga Janubiy Koreyadan kelgan professor dars o'tishni boshladi

10-04-2019 | 12:28

Joriy yilning 1-aprelidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalariga Janubiy Koreyaning Kosin universiteti professori Kie-Hyuk Shin «Strategik menejment» fanidan dars berishni boshladi.