Yangiliklar

Huawei kompaniyasi ishga taklif etadi!

04-03-2019 | 12:59

Huawei kompaniyasi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda: - Simsiz aloqa mahsulotlari menejeri - Loyiha boshqaruvchisi - Bosh hisobchi; - Yordamchi (Xitoy tilida so’zlasha oladigan) Ushbu sohalar bo’yicha yetarli bilim va tajribaga ega bo’lgan hamda ingliz tilini yaxshi bilgan mutaxassislar taklif etilmoqda. O’zingiz haqingizdagi ma’lumotni dinara.yunusova@huawei.com elektron manzili orqali yuborishingiz mumkin. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti dekani TATU rektori maslahatchisi etib tayinlandi

02-03-2019 | 09:57

2019-yilning 1-martidan Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetining (BDIRU) texnika fanlari nomzodi, dotsent Sirelchuk Igor Nikolayevich TATU rektori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

TATUda Zulfiyaxonim tavvaludining 104 yilligiga bag'ishlangan "Bahor keldi seni So'roqlab" nomli ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi

02-03-2019 | 05:16

1-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xalqimizning ardog'idagi shoira nafosat va vafo kuychisi Zulfiyaxonim tavvaludining 104 yilligiga bag'ishlab "Bahor keldi seni So'roqlab" nomli ko'rik-tanlov bo'lib o'tdi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor tayinlandi

01-03-2019 | 12:03

Shu paytgacha "Kompyuter injiniringi" fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Tashev Komil Axtamovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor" lavozimida ish boshladi.

TATUda "GLOBALIZASIYA SHAROITIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA CHET TILLARIni INTEGRATSIYASI" Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi

01-03-2019 | 09:36

26-27 fevral kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "GLOBALIZASIYA SHAROITIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA CHET TILLARIni INTEGRATSIYASI" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Z.Almatov bilan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy-profilaktik uchrashuv oʻtkazildi

28-02-2019 | 13:46

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi general-polkovnik Z.Almatov rahbarligidagi ishchi guruh aʼzolari tomonidan “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari bilan maʼnaviy- maʼrifiy va tarbiyaviy-profilaktik uchrashuv” mavzusidagi muloqot oʻtkazildi.