Yangiliklar

Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva mamlakatimizning bir guruh yoshlari bilan Yoshlar ishlari agentligida samarali uchrashuv o‘tkazdi.

Menu | 18-11-2024 | 12:04

Uchrashuvda TATU talabasi Ro’zmetova Komolaxon faol ishtirok etib, IT sohasini va startup ekosistemasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi. Mazkur takliflar Saida Shavkatovna tomonidan e’tiborga olinib, mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi.

TATUda “Kriptologiya” bo‘yicha Respublika fan olimpiadasini o‘tkazildi

Menu | 18-11-2024 | 12:00

Mazkur tadbir uchun universitet tomonidan barcha tashkiliy choralar ko‘rilgan.

TATUning ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalarga ruhiy ko‘mak berish va ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash, "To‘siqsiz muhit’’ yaratish maqsadida Yoshlar uchun ijtimoiy markaz mutaxassislari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Menu | 18-11-2024 | 11:55

Markaz tomonidan qanday ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko’rsatilishi batafsil tushuntirildi. Interaktiv o‘yinlar, qiziqarli o‘zaro savol-javoblarni o‘zida jamlagan seminar-treningda ijtimoiy himoya sohasiga oid takliflar ham tinglandi.

"Raqamli Avlod IT Haftaligi" 2024!

Menu | 18-11-2024 | 11:52

Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an'anaviy "Raqamli Avlod IT Haftaligi"ga taklif qilamiz!

TATU talabasi "III-darajali" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Menu | 18-11-2024 | 11:50

Joriy yilning 16-noyabr kuni Sport vazirligi tomonidan o'tkazilgan Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko'krak nishoni bilan taqdirlash marosimida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalari fakulteti iqtidorli sportchi talabasi O'rozboyev Alimbek Xusan o'g'li o‘z yuksak natijalari uchun "III-darajali" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

TATU “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan AQShning ABET akkreditatsiya tashkiloti bilan kelishuvlarni amalga oshirmoqda.

Menu | 15-11-2024 | 11:16

Joriy yilning 9-12-noyabr kunlari “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlik hisobotlarini monitoring qilish bo‘yicha ABET tashkilotining ishchi guruhi a’zolari Dr. Ramzi Haraty, Dr. Mark Stockman, Dr. Peng Li universitetga tashrif buyurib, tayyorlangan hisobotlarning asoslari va ularning ABET mezonlariga mosligi bo‘yicha monitoring o‘tkazdi.