Yangiliklar

"Kasperskiy" laboratoriyasining Rivojlantirish bo‘yicha direktori Andrey Suvorov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

28-04-2022 | 10:50

Uchrashuvda Kiberxavfsizlik sohasida kompaniya tomonidan ishlab chiqilib tijoratlashtirilgan xizmatlar va mahsulotlar tanishtirilib, ularning ishlab chiqilish prinsiplari, ilmiy yondashuvlari va amaliy yechimlari haqida ta’kidlab o‘tildi. Mehmonlarga universitetning Kiberxavfsizlik fakulteti negizida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalar va talabalarning innovatsion ishlanmalari haqida tanishtirildi.

Huawei Technologies (Russia) kompaniyasining Standartlash va Sanoatni rivojlantirish direksiyasi tashrif buyurdi

28-04-2022 | 09:55

Uchrashuv qizg‘in ruhda kechib, tomonlar IT sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ularni intellektual mulk sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari haqida fikr almashildi. Muhokamalar davomida IT sohasining zamonaviy tarmoqlari: sun’iy intellekt, robototexnika, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va shu kabi yo‘nalishlarda ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo'yish kelishib olindi.

“INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan tadbir

28-04-2022 | 09:43

Toshkent shahrida "INNOPROM” Xalqaro sanoat ko‘rgazmasining 27-apreldagi tadbirlari doirasida talabalar va yosh mutaxassislar uchun “INNOPROM UNIVERSITETI” deb nomlangan maxsus taʼlim sessiyalari o‘tkazildi.

Innovatsion taraqqiyotda xotin-qizlarning o'rni va roli» mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Menu | 27-04-2022 | 14:13

26 aprel kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi bilan hamkorlikda Xalqaro axborot texnologiyalari sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Innovatsion taraqqiyotda xotin-qizlarning o'rni va roli» mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag'ishlangan she'riy kecha bo'lib o'tdi.

Menu | 27-04-2022 | 10:56

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-TTJda Dasturiy injiniring fakulteti talaba-yoshlari bilan О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag'ishlangan she'riy kecha bo'lib o'tdi.

“Xotin-qizlarni tayziq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning xuquqiy va ma'naviy asoslari” mavzusida talaba-yoshlar bilan seminar o‘tkazildi.

Menu | 27-04-2022 | 10:53

Seminarda Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari, ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazidan mutaxassis spikerlar tashrif buyurdilar.