Tanlovda universitetimiz 515-22-guruh talabasi Salixova Sevinch g’olib bo’lib, 10 million so’m pul mukofoti va maxsus sertifikat bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov tomonidan taqdirlandi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va yoshlar ittifoqi a’zolari ishtirokida #Bayroğimiz_faxrimiz xeshtegi ostida chellenjlar boshlab yuborildi.
Haftalikni Bosh vazir o'rinbosari Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna kirish so'zi bilan ochib berdi, shundan so'ng Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Universitetimizning ilmiy va pedagogik faoliyat doirasida jahonning bir nechta nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi barchamizga ma’lum. Ana shunday hamkorlik ishlari doirasida al-Farobiy nomidagi KazMU magistratura talabalari bizning universitetimizda amaliyot o‘tadilar.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan xalqaro fan olimpiadalari g'oliblariga pul mukofotlari beriladi. Endi ularga yana qo’shimcha imkoniyat ochadigan Future AI talents dasturini yo’lga qo’ymoqda.
Seminar-treningda professor-o‘qituvchilar, doktorant-izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar qatnashib, sun’iy intellektda bilimlar bazasini boshqarish, tibbiyotda sun’iy intellekt ilovalarini ishlab chiqishda yangi texnologiyalar, Industry 4.0, Society 5.0 da sun’iy intellektning o‘rni kabi mavzularga oid muhokamada qatnashdilar.