🗒 Ikki universitet vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda axborot muhandisligi, dasturiy injiniring, tadqiqot markazlari faoliyati bo'yicha qo'shma loyihalar amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi. Bir kamar - bir yo'l tashabbusi bilan amalga oshirilishi kutilayotgan Xitoyga tashrif chog'ida o'zaro manfaatlarni ko'zda tutgan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.
Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.
2024-yil 27-iyun kuni Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU)tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Устранение цифрового неравенства” nomli ma’lumotlarni vizuallashtirish xakatonida universitet talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etdi.
🌍 Xabaringiz bor, dunyoning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri hisoblangan QS (Quacquarelli Symonds) tomonidan reyting natijalari aniqlanishi e'lon qilingan edi.
💻 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bitiruvchisi Nuriddin Samatov Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) va Huawei hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan Generation Connect Yoshlar yetakchilari dasturining Jenevada (Shveytsariya) bo‘lib o‘tgan treninglarda o‘zining innovatsion loyihasi bilan ishtirok etdi.
Joriy yilning 24-26-iyun kunlari Janubiy Koreyada “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumi tashkil etilgan tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Adliya vazirligi vakillari ishtirok etdi.