O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan fizika va matematika fanlaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Respublika olimpiadasining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi A.Aripov tomonidan 2017 yil 12 dekabrda 01-07/1-2987-son) tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo‘yicha tadbirlar rejasi”ning ikkinchi yo‘nalishi, 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, barcha fakultetlar talabalari o‘rtasida “OZOD VA OBOD VATANGA BAXSHIDA UMR” hamda “ISLOM KARIMOV ASARLARINING BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazilmoqda.
Talaba yoshlarning dam olish vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda ularning sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang'ich tashkiloti tomonidan qizlar o'rtasida sport musobaqasi tashkillashtirildi.
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xo‘jalik mollarini xarid qilish
2018 yil 16 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida universitet rahbariyati hamda O‘zbekistondagi KOICA ofisi rahbari tomonidan 2018-2021 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qiymati 3 mln AQSH dollarlik “TATUda integrallashtirilgan ta’lim olish muhitini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha protokol imzolandi.
16 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017 yil 28 oktyabrda tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining harbiy qismlar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va o‘zaro hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.