Respublika Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovida TATUning bir qator professor-oʻqituvchilari ishtirok etib, qator nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
Tashkiliy qoʻmita Sizni “Oʻzbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish” mavzusidagi universitet ilmiy-uslubiy konferensiyasida ishtirok etishga taklif qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan “Yosh olim” respublika tanlovida TATUning Audiovizual texnologiyalar kafedrasining yosh professori Beknazarova Saida Safibullayevna ishtirok etib, Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.
Sizni Fayzullayev Bayram Artikbayevichning “Turli tavsifli obʻektlar holatlarini tashxislah modellari va algoritmlari” mavzusidagi 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” mutaxassisligining texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.
Joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “TUIT OPEN 2018” dasturlash boʻyicha musobaqaning final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Elsevier kompaniyasining Scopus Award-2018 mukofoti doirasida Oʻzbekistonning eng yaxshi olimlari aniqlandi, eʼlon qilingan natijalarga koʻra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi mudiri, dotsent Ganiyeva Barno Ilhomovna hamda ushbu kafedraning professori Raxmatullayev Marat Alimovich Scopus ilmiy-tahliliy maʼlumotlar bazasi boʻyicha eng samarali faoliyat koʻrsatayotgan olimlar sifatida tan olindilar.