Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan qiymati 3 mln. AQSh dollari miqdorida “Integrallashgan ta’lim axborot tizimini joriy qilish va kengaytirish” loyihasini amalga oshirmoqda.
23 may kuni Huawei kompaniyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda har yillik «Seeds for the Future» loyihasining ishtirokchilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 15-16 may kunlari “Kompyuter grafikasi” fanidan, 17-18 may kunlari “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan talabalar respublika fanlar olimpiadasining IV bosqichi oʻtkazildi. Oliy taʼlim muassasasalari talabalari oʻrtasidagi mazkur respublika fanlar olimpiadasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 314-sonli buyrugʻiga asosan oʻtkazilmoqda. Olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish TATU bosh binosi foyesida boshlandi,
Joriy yil 18 may kuni “Maʼnaviyat karvoni” loyihasi doirasida Toshkent shahri Uchtepa tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagi bilan uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish” borasida amalga oshirilayotgan ishlarning taqdimotida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti koʻrgazmali stendlarining namoyishi tashkil etildi.
Unirank Oʻzbekistondagi 65 ta oliy taʼlim muassasasi orasidan eng mashhurlari reytingini tuzdi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-o’rinni egallab turibdi. Umuman, ushbu roʻyxatning kuchli uchtaligini Toshkent shahrida joylashgan OTMlar (Toshkent Shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Toshkent Shahridagi Inha Universiteti) boshlab bergan.
Joriy yilning 14 may kunidan boshlab, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Yosh aloqachilar” teatr jamoasi Yunusobod tumanidagi umumtaʼlim maktablarida “Davlat bolalari” nomli spektakl namoyishini boshladi.