Sizni Fayzullayev Bayram Artikbayevichning “Turli tavsifli obʻektlar holatlarini tashxislah modellari va algoritmlari” mavzusidagi 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” mutaxassisligining texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.
Joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “TUIT OPEN 2018” dasturlash boʻyicha musobaqaning final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Elsevier kompaniyasining Scopus Award-2018 mukofoti doirasida Oʻzbekistonning eng yaxshi olimlari aniqlandi, eʼlon qilingan natijalarga koʻra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi mudiri, dotsent Ganiyeva Barno Ilhomovna hamda ushbu kafedraning professori Raxmatullayev Marat Alimovich Scopus ilmiy-tahliliy maʼlumotlar bazasi boʻyicha eng samarali faoliyat koʻrsatayotgan olimlar sifatida tan olindilar.
22 noyabr kuni “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida “Tele va video maxsulotlarning sifatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, energiya isteʼmolini va energiya tejashni intensifikatsiyalash hamda Smart va IoT tizimi asosida xodimlarning malakasini oshirish tizimlari” nomli Loyiha doirasida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida mavjud boʻlgan muammolarni hal etish yoʻlida ishlab chiqilgan qator choralarga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida 20 noyabr kuni “Tinchlik – eng oliy neʼmat” shiori ostida “Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
17 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univerisitetida Yunusobod tumani hokimiyati hamda hamkorlikda va Xiyobontepa maxalla faollari bilan hamkorlikda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish hamda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida “Yurt taraqqiyoti uchun barchamiz masʼulmiz” shiori ostida targʻibot tadbiri tashkil etildi.